
“Real” himoyachisi kutilganidan tezroq safga qaytadi
Trent Alexsander-Arnold FIFA kunlaridan so‘ng maydonga qaytishi mumkin.
Marca nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Trent oktyabr oyidagi terma jamoalar yig‘ini tugagunga qadar to‘liq sog‘ayib ketishi kutilmoqda.
Tanaffusdan so‘ng Alonso shogirtlari La Liganing 9-turida "Xetafe"ga qarshi maydonga chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" himoyachisi Chempionlar Ligasi birinchi turida "Marsel"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib maydonni tarl etgan edi. Angilyalik futbolchining 6-8 haftada maydonga qaytishi aytilgan edi.
Fikrlar