“Real” hujumchisi transferi bo‘yicha 10 ta taklifni rad etdi

  • 26 avgust, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” iste’dodlarni topishga usta. Yozda jamoa tarkibiga 18 yoshli Endrik qo‘shildi. Skautlar bu vunderkindni Braziliyadan topib kelgan.

Tecno

OK Diario nashrining ma’lum qilishicha, Endrik Madridga kelishi bilan uning transferini so‘rab, 10 ta jamoa “Qirollik klubi”ga murojaat qilgan. Bu jamoalarning oltitasi Ispaniya, qolganlari Frantsiya, Germaniya va Italiya vakillari ekani aytilmoqda.

“Qirollik klubi” yosh o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘nmadi. Bunga javoban Endrik debyut uchrashuvidayoq gol urib berdi.

“Palmeyras” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Endrikning transferi madriklarga 47,5 million evroga tushgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!