“Real” ikki futbolchini sotadigan bo‘ldi

  • 24 dekabr, 2024, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” joriy mavsumdan keyin tarkibda o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgan. Hozirdan klubni tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Tecno

Madridliklar kelasi mavsum oldidan eng muammoli pozitsiya – himoya chizig‘ini yangilaydi.

Madrid Zone nashrining yozishicha, yozda ikki himoyachi Ferlan Mendi va Fran Garsiya sotib yuboriladi.

Bundan oldin jamoaning etakchi himoyachilari – David Alaba va Eder Militaoning Madriddagi kelajagi mavhum ekani, klub ularning o‘rniga yangi avlod markaziy himoyachilaridan olishni reja qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, “Qirollik klubi” yanvardan boshlab, jamoaga himoyachi transfer qilishga bel bog‘lagan. Bu borada birinchi nomzod ikki mavsumdan beri “Jirona”da o‘ynayotgan Migel Guterres hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
24/12/2024 14:34
Милитао, Менди иккаласи сотилсина. Фран ажойиб уйнамокда. Алаба хали номаълум, кайтиши мумкун