"Real" Konate transferini shu hafta e'lon qiladi
Ibraima Konate yaqin vaqt ichida rasmiy "Real" futbolchisiga aylanadi.
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi prezidenti sobiq "Liverpul" himoyachisining erkin agent sifatida jamoaga qo‘shilganini shu payshanba kuni e’lon qiladi.
Fransiyalik markaziy himoyachi o‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Konate bir necha yil davomida "Liverpul" mudofaasining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib keldi va endi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga tayyor turibdi.

Fikrlar