“Real” Mbappeni avval “sindirib”, keyin unga pul tikmoqchi

  • 7 avgust, 2023, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati o‘tgan yili yozda “Qirollik klubi”ni kuttirib, so‘nggi pallada PSJda qolishini aytgan Kilian Mbappedan o‘ziga xos tarzda o‘ch olayotgangan o‘xshaydi.

Tecno

Mbappe hozir qiyin ahvolda. PSJ futbolchini transferga qo‘ygan, mashg‘ulotlardan chetlatgan va yangi mavsumda o‘ynatmasligini ta’kidlagan.

Hujumchining o‘zi faqat “Real”ga o‘tmoqchi va boshqa takliflarni qabul qilmayapti. Madridlaklar shu paytgacha bu vaziyatni jimgina kuzatib turgan edi. Endi “Qirollik klubi” Mbappe transferi uchun xarajat qilishga tayyorligini bildirdi.

Biroq, “Real” xo‘jayini Kilian Mbappe PSJdan ketmoqchi ekani haqida ommaviy tarzda  e’lon qilishini talab etmoqda. Agar hujumchi ketishini e’lon qilsa, 31 avgust kuni unga to‘lanishi lozim bo‘lgan 40 million evro miqdoridagi sodiqlik badalidan quruq qoladi.

Demak, 24 yoshli hujumchi oldida qiyin tanlov turibdi. U PSJdan yuz o‘girganini ommaga ko‘rsata olsa, madridliklar Parij klubi bilan muzokaralarni boshlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu transfer uchun “Real” xo‘jayini 180-220 million evro ajratishga tayyor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!