“Real” muddatidan oldin “Barsa” chempionligini tan oldi
Joriy mavsum La Ligada ikkinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmayotgan “Real” ayni paytda bor e’tiborini “Bavariya”ga qarshi bo‘ladigan UEFA Chempionlar ligasidagi javob o‘yiniga qaratgan.
Madriddagi birinchi to‘qnashuvda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan madridliklar raqib maydonida muvaffaqiyat qozonib, yarim finalga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishga qattiq ishonmoqda.
La Liga chempionligiga kelsak, “Real” bosh sovrindan umidini uzib bo‘ldi. Bu haqida The Athletic nashri materiallarida yozildi.
Ma’lumki, Ispaniya chempionatidagi navbatdagi ochko yo‘qotishdan keyin “Real” turnir peshqadami “Barselona”dan 9 ballga ortda qolmoqda. Oldinda yana yetti tur, jumladan “Kamp Nou”dagi “el klasiko” bor.
Biroq Madrid jamoasi bundan buyog‘iga kataloniyaliklardan o‘zib ketish tugul, ularga yetib olishi deyarli imkonsiz ekani aytilmoqda.

Fikrlar