
"Real" qishda "Yuventus" forvardini sotib olmoqchi
Qishki transfer oynasi ochilishiga oz fursat qoldi va klublar o‘z tarkiblarini kuchaytirishning turli variantlarini ko‘rib chiqishmoqda.
"TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "Real" "Yuventus"dan hujumchi Dushan Vlahovichni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin. Biroq "qirollik klubi"ning "keksa sinora" bilan kelishishi unchalik oson bo‘lmasligi aniq. Chunki turinliklar mavsum o‘rtasida asosiy forvardini qo‘yib yubormaydi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali 23 yoshli Vlahovichni 70 million evroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda serbiyalik futbolchi "Yuventus" safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar