
"Real" rahbariyati Pogbaning transferi bo‘yicha yakuniy qarorini Zidanga ma’lum qildi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himochisi Pol Pogba "Real"ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidanning xohishiga qaramasdan frantsiyalik futbolchini sotib olmoqchi emas.
"Real" rahbariyati Zidanga hamyurtining transferi haqidagi hom hayollarni unutishini aytib, unga bu pozitsiya bo‘yicha Federiko Valverdega ko‘proq e’tibor qaratishni aytgan.
Pogba esa “Real”ga o‘tmasligi mumkiligini bilgach “Yuventus” bilan muzokaralar boshlash haqida o‘ylay boshladi.
Fikrlar