"Real" rahbariyati Vinisiusning harakatidan norozi

  • 26.08.2025 23:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Juniorning so‘nggi o‘yindagi harakatidan mamnun emas, deb xabar bermoqda "Fichajes" nashri.

La Liganing 2-turida "Ovedo"ga qarshi bahsda gol urganidan so‘ng braziliyalik futbolchi raqib muxlislari tomon ikki barmog‘ini ko‘tarib ishora qildi. Ko‘pchilik bu ishorani "Ovedo"ning 24 yildan beri La Ligada o‘ynamaganiga ishora, deb qabul qildi.

"Real" rahbariyatining fikriga ko‘ra, Vinisiusning bunday harakatlari klub obro‘siga doimiy ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, unga nisbatan sanktsiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ikki turdan so‘ng madridliklar 6 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!