
“Real” sardori jamoadan ketib boshqa ligada o‘ynamoqchi
“Real” sardori Daniel Karvaxal ayni paytda og‘ir jarohatidan tiklanmoqda. Tajribali futbolchi kelajakda boshqa ligaga o‘tish rejasi borligi aytdi.
- 32 ga kirdim va yosh bola emasman. To‘rt-besh yil futbol o‘ynashim mumkin. Lekin vaqt uchib ketyapti va bu ko‘p muddat emas.
Yaqin Sharqqa borishim mumkinmi? Bunda qandaydir mantiq bor. Avval ham aytganman, “Real”dan ketishim kerak bo‘lib qolsa, Evropada qolmayman, Evropa Chempionlar ligasi yoki Ispaniya chempionatida “Real”ga qarshi o‘ynamayman.
Keyingi manzilim Qatar bo‘lishi ehtimoli katta, - dedi Daniel Karvaxal.
Karvaxal “Real”ning asosiy tarkibida 2013 yildan beri o‘ynab keladi. Bu muddat ichida jami 427 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, 14 ta gol va 65 assist qayd etgan.
Fikrlar