
“Real” shoshilinch tarzda hujumchi olyapti
“Real” rahbariyati tezroq yangi hujumchi olish uchun harakatlarni boshlab yubordi. “Qirollik klubi” yanvar oyida “Palsmeyras” tarbiyalanuvchisi Gabriel Veronni Madridga ko‘chirib kelmoqchi.
Braziliyaliklar 18 yoshli hujumchini qishki transferlar vaqtida 25 million evro qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Yozgacha transfer summasi ko‘tarilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, madridliklarga jamoasiga Veronni olish oson bo‘lmaydi.
Hozirning o‘zida bo‘lajak yulduzga “Arsenal”, “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Milan” kabi katta klublar ham xarajat qilishga tayyor.
Fikrlar