“Real” superklub so‘ragan futbolchini bermadi

  • 29 iyul, 07:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni Xabi Alonso qabul qilib olganidan keyin jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga kerak bo‘lmaydigan o‘yinchilardan qutilishga harakat qilyapti.

Tecno

Biroq bu borada kutilmagan holatlar ham uchrayapti. Madridni tark etishi ehtimoli bo‘lgan Fran Garsiyaga “Milan” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Milannews.it saytining ma’lum qilishicha, milanliklar 25 yoshli himoyachining transfer ma’lumotlarini so‘rab, “Qirollik klubi”ga murojaat qildi. Biroq, madridlikoar Fran Garsiyani qo‘yib yuborishga shoshilmasligini bildirdi.

Gap shundaki, “Real” murabbiylar shtabi tajribali himoyachi Ferlan Mendining jismoniy ahvolidagi noaniqliklar tufayli Fran Garsiyani qo‘yib yubormaydigan bo‘lyapti. Agar Ferlan Mendi murabbiylar ishonchini oqlay olmasa, Xabi Alonso himoya chizig‘ida Fran Garsiya xizmatidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!