"Real" uchta himoyachini nishonga oldi

  • 10.10.2025 11:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi ragbariyati jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda va uch nafar futbolchini o‘z short-listlariga qo‘shib qo‘yishdi. Bu haqda Marca muxbirlari xabar berishdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" short-listidan Ibrahim Konate ("Liverpul"), Dayot Upamekano ("Bavariya") va Mark Gexi ("Kristal Pelas") joy olgan. Sanab o‘tilgan himoyachilardan biri kelasi yilning yozida "qaymoqranglilar" safini to‘ldirishi mumkin. "Real"ning ustuvor varianti Konate hisoblanadi.

26 yoshli frantsiyalik himoyachi 2021 yilning yozidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilmoqda. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!