"Real" va "Barselona" PSJ futbolchisi uchun kurashadigan bo‘ldi

  • 27.09.2023 21:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelasi yozda PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe uchun transfer bozorida jiddiy kurash bo‘lishi mumkin. Futbolchi avvalroq xabar qilinganidek, "Real Madrid"ning radarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar 28 yoshli futbolchining agenti bilan allaqachon aloqaga chiqqan.

Shu bilan birga, "TodoFichaes" nashrining xabar berishicha, Kimpembega "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi ushbu futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Kataloniya klubi hali Kimpembe bilan aloqaga chiqqani yo‘q, ammo yaqin oylarda buni amalga oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kimpembening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!