"Real" xavbegi APLga ko'chib o'tishi mumkin
Madridning "Real" klubi futbolchisi Franko Mastontuonuga ingliz klubi qiziqmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastontuonu Ispaniya La Ligasini APLga almashtirishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachini Londonning "Chelsi" klubi o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. "Aristokratlar" rahbariyati futbolchini 2025/26 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. 18 yoshli futbolchi o‘tgan yilning avgust oyida "qirollik klubi" safiga kelib qo‘shilgan edi. "Real" argentinalik futbolchi uchun "River Pleyt"ga 45 million yevro to‘lab bergan.
Ma’lumot uchun, Frankoning ispan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozida yakuniga yetadi.
Fikrlar