
"Real" Xoselu borasida bir qaror qildi
Madridning "Real" klubi hujumchi Xoseluni sotib olmoqchi.
"Qaymoqranglilar" 33 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha "Espanol"dan ijaraga olgan edi. "Relevo" nashrining xabar berishicha, "Real" nihoyat ijara shartnomasidagi tegishli variantda ko‘rsatilgan forvardni 1,5 million evroga sotib olishga qaror qilgan. Ispaniyalik futbolchi "qirollik klubi"ning keyingi mavsumdagi rejalarining bir qismidir.
Xoselu bu mavsumda Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar