“Real” yulduzi baribir ketar ekan

  • 3 noyabr, 2023, 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan Federiko Valverde butun faoliyatini Madridda o‘tkazmoqchi emas.

Tecno

Urugvaylik futbolchi vaqti kelib, “Qirollik klubi”ni tark etishini ma’lum qildi.

- Menga qolsa, faoliyatimning qolgan qismini ham “Real”da o‘tkazishdan juda mamnun bo‘lardim. Faqat bir yil bundan mustasno. Chunki faoliyatimni “Penyarol”da yakunlashni istayman, - dedi Federiko Valverde.

25 yoshli futbolchi 2016 yili “Penyarol”ni tark etib, “Real” akademiyasi “Kastilya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Madridliklar  o‘shanda iste’dodli futbolchi uchun 5 million evro to‘lagan. Hozir yarim himoyachi 100 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
03/11/2023 09:41
2029 gacha kantrakti bor
&
Sherzod_Bek
03/11/2023 09:38
5 yildan ketin ketar balki