“Real” yulduzi boshqa klubda uch oyda zerikib qoldi

  • 12 dekabr, 2022, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safida uzoq yillar to‘p tepgan Isko yozgi transferlar vaqtida “Sevilya”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Andalusiyaga avgust oyida kelgan o‘yinchi tezroq bu erdan ketishni istayapti. Bunga sabab, Iskoni “Sevilya”ning musobaqa jadvalidagi shrni qoniqtirmayapti. Bundan tashqari, mashhur yulduz “Sevilya” sport direktori Monchi bilan kelisha olmay qolgan.

Iskoga bosh murabbiy Xulen Lopotegining ishdan bo‘shagani ham qoniqtirmayapti. Chunki u bu jamoani aynan mana shu mutaxassis bilan ishlash niyatida tanlagan edi.

Monchi futbolchini mavsum davomida yaxshi o‘ynay olmayotgani uchun keskin tanqid qilyapti. Isko esa, sport formasini tiklab olmasidan uni maydonga tushirib, to‘p tepishga majbur qilishayotganidan norozi.

Isko Ispaniya chempionatida 18-o‘rinda borayotgan jamoa safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!