“Real” yulduzini Turkiyaga chorlashyapti

  • 22.05.2026 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning amaldagi chempioni “Galatasaroy” Madriddning “Real” klubiga kerak bo‘lmay qolgan yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani sotib olishga tayyor.

Insayder Yag‘iz Sabunjuo‘glu X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, istanbulliklar fransuz futbolchisining transfer va shartnoma shartlari bilan qiziqqan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, istanbulliklardan “Real”ga hozircha rasmiy taklif kelib tushmagan. Turkiya chempioni faqat ma’lumot to‘plagan xolos.

Avvalroq, Kamavinga Fransiya terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmaganidan keyin Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchiga Dortmundning “Borussiya” klubi ham qiziqish bildirgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, “Real”ning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘rilayotgan Jozye Mourinyu Kamavingaga tayanmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!