“Real”ni boshqarishga uch nafar supermurabbiy nomzod
“Real Madrid”ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy da'vogarlar nemis mutaxassisi Yurgen Klopp va portugaliyalik Joze Mourin'yu hisoblanadi. Bu haqida El Chiringuito TV efirida jurnalist Xosep Pedrerol ma'lum qildi.
Manbaga k'ora, madridliklar tomonidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham nomzodi ham k'orib chiqilmoqda.
Aytilishicha, “Qirolik klubi” hozircha sanab 'otilgan murabbiylarning hech biri bilan aloqaga chiqmagan.
“Real” 2025-2026 yilgi mavsumini Xabi Alonso q'ol ostida boshlagan edi. Yanvar' oyida bu mutaxassis iste'foga chiqarilib, uni jamoaning sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa almashtirdi. Arbeloa bundan avval yoshlar jamoasini boshqargan.
Ammo Arbeloa ham kutilgan natijani ta'minlay olmadi. Endi rahbariyat yulduz futbolchilarga ta'sir 'otkaza oladigan nomdor murabbiy tanlashni ma'qul k'ormoqda.

Fikrlar