
"Real"ni ikkita yulduz tark etmoqchi
"Real"ning ikkita futbolchisi klubni tark etish niyatida. "Transfer News Live" xabar berishicha, yarim himoyachi Arda Gyuler va hujumchi Endrik o‘yin amaliyotining etishmayotganidan xavotirda va go‘yoki bosh murabbiy Karlo Anchelotti uchun "ko‘rinmas" bo‘lib qolganini his qilishmoqda.
18 yoshli Endrik fevral oyida faqat bitta o‘yinda – Ispaniya Kubogida maydonga tushdi. Xuddi shunday holat 20 yoshga to‘lish arafasida turgan Gyulerda ham kuzatildi.
"Transfermarkt" portali Gyulerning transfer qiymatini 45 million evroga, Endriknikini esa 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar