Ring qiroli Markaziy Osiyodan raqib tanladi

  • 11 yanvar, 2017, 20:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

26 yoshli Saul Alvares endi o‘ziga boshqa raqib tanladi. Meksikalik bokschi 6 may kuni chempionlik kamarini himoya qilishi lozim. Unga bo‘lajak jangda qozog‘istonlik Kanat Islom (22-0, 18KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.

Tecno

Professional boksda katta nufuzga ega bo‘lgan Maurisio Sulaymon ikki meksikalik buyuk bokschi WBO chempioni va jahon reytingi etakchisi Saul Alvares (48-1-1, 34 KO) va WBC sobiq chempioni Xulio Sezar Chaves (50-2-1, 32 KO) o‘rtasida superjang tashkil etish uddasidan chiqolmadi. Uzoq davom etgan muzokaralar boshi ber ko‘chaga kirib qoldi.

Kanat Islom Qozog‘iston bayrog‘i ostida ringga chiqayotgan bo‘lsa-da, asli Xitoyda tug‘ilgan. Janglarining deyarli barchasini Dominikan Respublikasi, Ekvador, Kolumbiya va AQSh ringlarida o‘tkazgan.

Kanat Islom o‘tgan yili 29 oktyabrdagi so‘nggi jangini Qozog‘istonda o‘tkazib, ganalik Patrik Alloteyni mag‘lubiyatga uchratdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!