Robert Sanches: "Barselona" EChL favoriti emas"
Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Robert Sanches Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi o‘yin yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv Londonning "Stemford Brij" stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:0 hisobida "ko‘klar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Kukurelya Yamalni cho‘ntagida saqladi. Ular APL klublariga qarshi to‘qnash kelgunlaricha, zo‘r ko‘rinishadi. "Barselona" Chempionlar ligasi favoriti hisoblanadimi? Yo‘q, favoritlar - biz", - deya Sanchesning so‘zlarini keltirdi Marca onlayn-nashri.
Chempionlar ligasining bu yilgi o‘yini finali Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi o‘yini 2026 yil 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar