"Rolan Garros-2019": Erkaklar o‘rtasida finalchilar ma’lum

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Parijda nihoyasiga etib borayotgan Frantsiya ochiq chempionatida erkaklar o‘rtasida bosh sovrin uchun kurash olib boruvchi tennischilar nomi ma’lum bo‘ldi. Biroz avval serbiyalik Novak Jokovich va avstriyalik Dominik Tim o‘rtasidagi yarim final o‘yini yakunlandi. 

Ma’lumki, mazkur bahs kecha o‘tkazilayotgan joyida yomg‘ir sabab bugunga surilgan edi. uchinchi setdan davom ettirilgan qarama-qarshilikda avstriyalik tennischi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda 4 soat 19 daqiqa davom etgan bahsda 6:2, 3:6, 7:5, 5:7 va 7:5 hisoblari qayd etildi. 

Shu tariqa musobaqa bosh sovrini uchun ispaniyalik Rafael Nadal hamda avstriyalik Dominik Tim o‘zaro bahs olib boradigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!