"Roma" darvozaboni APL klubiga o‘tadi

  • 1 iyun, 2022, 13:37
  • 0
  • Futbol

“Roma”ning shvetsiyalik posboni Robin Olsen faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mavsumni “Aston Villa”da ijarada o‘tkazgan 32 yoshli darvozabon Birmingem klubining to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin.

APL klubi Olsenning transfer huquqini 3,5 million evro evaziga sotib olmoqchi. Tez orada bu borada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!