"Roma" Dovbik bilan kelishuvga erishdi

  • 28 iyul, 2024, 03:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" Artyom Dovbikni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin kelmoqda. Rimliklar hujumchi bilan kelishuvga erishdi. Shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi. 

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Dovbik "Roma"ga o‘tishga tayyor. Italiya jamoasi ushbu transferni "Atletiko"dan "o‘g‘irlamoqda". Sababi, "matraschilar" anchadan buyon ukrainalik futbolchi bilan bitim imzolashga harakat qilyapti. 

Dovbik uchun klublar o‘rtasida tez orada muzokaralar boshlanadi. "Bo‘rilar"ning ilk tafliai 30 million evro. Ammo hujumchining tovon puli 40 million evroga teng. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!