Romano: Flik "Barselona"da ishlashga qarshi emas

  • 8 fevral, 2024, 20:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi mavsum so‘nggida "Barselona"ni tark etishini ma’lum qilganidan keyin jamoa rahbariyati yangi bosh murabbiy izlamoqda. Variantlar orasida sobiq "Bavariya" va Germaniya ustozi Xans-Diter Flik ham bor. 

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, 58 yoshli mutaxassis kataloniyaliklarni boshqarishga qarshi emas. Shu bilan birga, Flikning ayni paytda ispan tilini ham o‘rganayotgani borasida mish-mishlar tarqalmoqda. 

Xans so‘nggi marta Germaniya terma jamoasida ishladi. 2021 yilda nemislarni qabul qilib olgan mutaxassis oradan ikki yil o‘tib, iste’foga chiqarildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!