Ronaldu eng zo‘r to‘purarga aylana oladimi?

  • 11 fevral, 2021, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) klublar miqyosida futbol tarixida eng ko‘p gol urgan to‘purarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatda milliy chempionatlar yuqori ligalarida o‘z jamoasi uchun kamida 500 ta to‘p kiritgan hujumchilar nomi qayd etilgan.

Tecno

Bu ro‘yxatning birinchi qatoridan braziliyalik mashhur hujumchi Romario o‘rin oldi. U o‘zi to‘p tepgan klublarda jami 689 ta gol urgan. Futbol qiroli Pele esa o‘z hamyurtidan beshta kam gol kiritgan. Ayni paytda faoliyatini davom ettirayotganlar orasida raqib posbonlarini eng ko‘p ojiz qoldirgan Krishtianu Ronaldu umumiy reytingda kuchli uchlikni yakunladi. U yaqin yillar ichida braziliyalik hujumchilarning rekordini sindirishi mumkin.

IFFHS talqini bo‘yicha to‘purarlar ro‘yxati bilan tanishing:

  1. Romario (Braziliya) — 689 gol

 

  1. Pele (Braziliya) — 684

 

  1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 661

 

  1. Yozef Bitsan (Avstriya) — 656

 

  1. Lionel Messi (Argentina) — 651

 

  1. Ferents Pushkash (Vengriya) — 645

 

  1. Jimmi Jons (Shimoliy Irlandiya) — 635

 

  1. Jo Bembrik (Shimoliy Irlandiya) — 593

 

  1. Eysebio (Portugaliya) — 581

 

  1. Gerd Myuller (Germaniya) — 566

 

  1. Glenn Fergyuson (Shimoliy Irlandiya) — 562

 

   12–13. Fernandu Peyroteu (Portugaliya) — 538

 

   12–13. Jimmi Makgrori (Shotlandiya) — 538

 

  1. Uve Zeeler (Germaniya) — 508

 

  1. Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya) — 501

 

  1. Alfredo Di Stefano (Argentina) — 500

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!