
Ronaldu "Oltin to‘p" sohibiga nima dedi?
“Real”ning eng mashhur o‘yinchilaridan hisoblangan Luka Modrich klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin klubni tark etishini e’lon qildi.
2012 yili boshlanib, 13 yil davom etgan samarali hamkorlik tugadi. Ayni paytda Modrichning ketishiga turli darajada munosabatlar bildirmoqda.
O‘z davrda “Real”da xorvatiyalik pleymeyker bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu ham 39 yoshli hamkasbiga murojaat qildi.
- Luka, hammasi uchun rahmat. Klubdagi onlarni sen bilan bo‘lishish men uchun katta sharaf bo‘lgandi. Oldinda seni kutayotgan barcha ishlaringda muvaffaqiyat yor bo‘lsin, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Krishtianu Ronaldu “Real”da 2009-2018 yillar davomida to‘p. Portugaliyalik yulduz Luka Modrich bilan olti yil davomida birga o‘ynagan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Modrich ham Ronaldu ortidan Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilyapti.
Fikrlar