Ronaldu o‘zi bilan birga o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi

  • 19 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyaning "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi bilan birga to‘p surgan futbolchilardan ramziy jamoa tuzdi. Goal Arabia nashri 38 yoshli portugaliyalik futbolchining tanlovi haqida ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Ronalduning ramziy jamoasi shunday ko‘rinishda bo‘ladi: Kasilyas - Ramos, Kellini, Ferdinand, Marselo - Modrich, Kroos, Skoulz - Beyl, Runi, Benzema.

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning oxirida Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” bilan shartnoma imzolagan edi. O‘tgan davr mobaynida portugaliyalik yulduz Saudiya klubi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish lozimki, Ronaldu faoliyati davomida “Oltin to‘p”ni besh marta qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!