
Ronaldu xayrlashdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyligini tark etgan Ule-Gunnar Sulsher haqida post qo‘yib, u bilan xayrlashdi va omad tiladi.
- Men ilk bor “Old Trafford”ga kelganimda u jamoa hujumchisi edi. “Manchester Yunayted”ga qaytganimda Sulsher jamoani boshqarayotgan edi. Birinchi navbatda, Ule juda yaxshi inson. Men hayot unga tayyorlab qo‘ygan har ishda eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Senga omad, do‘stim! Sen omadga loyiqsan, - deb yozdi Krishtianu.
Ule-Gunnar Sulsher manchesterlik futbolchilarga 2018 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan edi. Biroq, joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli norvegiyalik murabbiy ishdan olindi.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum boshlanishidan oldin "Manchester Yunayted" safiga qo‘shildi. U Angliya premer-ligasida 9 ta uchrashuvda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar