Ronaldu yangi maqsadini aytdi

  • 10 avgust, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ygani haqida gapirdi.

Tecno

- Men jamoamiz mavsumga juda yaxshi darajada tayyorlanganini ko‘rib turibman. Mavsum davomida barqarorlikni saqlab qolishimizga va sovrinlarni qo‘lga kiritishimizga umid qilaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Jurnalist Tankredi Palmerining ma’lum qilishicha, 40 yoshli futbolchi yiliga 263 million evro mablag‘ ishlab topmoqda.

Ronaldu 2023 yildan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum 25 ta gol bilan Saudiya Arabistoni chempionati to‘purar bo‘lgan Krishtianu yozning boshida klub bilan kelishuvini yana ikki yilga uzaytirdi va 2027 yilning 30 iyunigacha Riyodda qoladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!