Ronalduga yangi xaridor chiqdi

  • 3 yanvar, 18:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu faoliyatida keyingi klub muhokama mavzusi hisoblanadi. Sababi, futbolchining "An-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Ronalduni Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi - "Al-Hilol" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu klubda Krishtianu "An-Nasr"dan farqli o‘laroq, sovrinlar uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Yana bir sabab "Al-Hilol"ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki bo‘lishi mumkin. Avvalroq, FIFA 2025 yil iyun oyi boshida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan ochiladigan maxsus transfer oynasini e’lon qilgan edi.

"Al-Hilol" aynan shu davrda Ronaldu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Klubga yozda jamoani tark etadigan Neymarning o‘rniga Krishtianu kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!