Ronalduning yutuqlari tasodif emas!

  • 18 avgust, 2024, 13:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real"ning sobiq darvozaboni Keylor Navas sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bir klubda o‘ynaganini esladi.

Kosta-rikalik posbon “qirollik klubi” safida o‘ynab ketma-ket uch mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘shanda jamoa etakchisi 2018 yilda "Yuventus"ga o‘tgan Ronaldu edi. Bir yil o‘tgach, Navasning o‘zi ham "Real"ni tark etdi va PSJga o‘tdi.

“Krishtianu haqida yomon gapira olmayman. "Real"da bo‘lganimning birinchi kunidanoq u menga jamoaning bir qismi sifatida munosabatda bo‘ldi. Men uning hayotidagi ko‘plab voqealarda ishtirok etdim. Hayotda tasodiflar bo‘lmaydi. Ronalduning barcha yutuqlari dunyodagi eng yaxshi maqomga munosibligidandir. «Oltin to‘p» shunchaki lotereya chiptalari emas”, - dedi hozirda klubsiz qolgan Keylor Navas Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!