Rossiya premer-ligasi yana bir yulduz futbolchi bilan boyishi mumkin

  • 13.08.2019 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning TsSKA klubi o‘zining hujum chizig‘ini Braziliyaning "Flamengo" klubi forvardi Gabriel Barboza (Gabigol) bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Mercato365 nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda armiyachilar 22 yoshli braziliyalik futbolchini 15-20 mln evro evaziga sotib olishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisiga "Sevilya", "Vilyarreal" va "Nitstsa" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Barboza “Flamengo” safida ijarada to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi “Inter”ga tegishli. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 13 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!