
Rossiyada Chimaevning pasportini olib qo‘yishdi?!
Braziliyaning Combate portali asli chechen bo‘lgan shved jangchisi Hamzat Chimaev qisman safarbarlik tufayli Rossiyani tark eta olmasligi haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Chimaev UFC 279 musobaqasida Kevin Xollandni mag‘lub etganidan keyin Chechenistonga qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgan, Sankt-Peterburgda esa 28 yoshli sportchidan pasporti olib qo‘yilgan.
Chimaev jamoasi go‘yoki Shvetsiya hukumati orqali jangchini mamlakatga qaytarishga harakat qilmoqda. Ammo Xamzat vakillari bu ma’lumotni rad etishdi.
“Ular Hamzat Rossiyadan uchib keta olmaydi, deb yozishmoqda, lekin bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning hujjatlarida hech qanday muammosi yo‘q”, — dedi Chimaev jamoasi vakili.
Fikrlar