Roy Jons: "Menimcha, bu ajoyib g‘oya"

  • 5 iyun, 2024, 16:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Roy Jons Mayk Taysonning o‘rniga Jeyk Polga qarshi ringga chiqishga tayyor.

"Ushbu jangda men to‘liq formamga qaytib olaman, avval hech bu haqda o‘ylab ko‘rmagandim. Lekin hozir bu ajoyib g‘oya deb o‘ylayman. Har qanaqasiga Taysonning o‘rniga Polga qarshi ringga chiqishga tayyorman, bu borada ideal nomzodman", - dedi Jons.

Eslatib o‘tamiz, Tayson va Pol o‘rtasidagi jang 20 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Maykning sog‘ligidagi jiddiy muammolar sabab qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!