Ro‘ziqul Berdiev — Gvardioladan yuqorida!

  • 09.05.2026 12:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dunyoning 55 ta chempionati orasida eng uzoq vaqtdan beri oʻz klubini boshqarayotgan murabbiylar reytingi eʼlon qilindi.

Quvonarlisi, "Nasaf" bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiev ushbu roʻyxatda 3-oʻrinni egalladi. U Qarshi klubini 2012 yil yanvaridan beri boshqarib kelmoqda — 14,3 yil.

Reytingda yetakchilikni Frank Shmidt egallab turibdi. U “Haydenhaym”ni 18,6 yildan beri boshqarmoqda.

2-oʻrin esa Diego Simeonega nasib qildi. “Atletiko” ustozi jamoada 2011 yildan beri faoliyat olib bormoqda.

Qiziq jihati shuki, hamyurtimiz Roʻziqul Berdiev bu koʻrsatkich boʻyicha "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolani ortda qoldirmoqda. 

TOP-10 reyting bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!