Ruminiya - Ukraina: Prevyu

  • 17 iyun, 2024, 04:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evroda birinchi turdan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. "E" guruhida Belgiya Slovakiyaga qarshi maydonga tushsa, Ruminiya, Ukraina bilan kuch sinashadi. 

Tecno

 Ruminiya o‘z tarixida oltinchi bor Evroda ishtirok etmoqda, ammo 2016 yildan beri ilk bor, Ukraina esa ketma-ket to‘rtinchi marta ushbu turnirda qatnashmoqda. Biroq, ikkala murabbiy ham - Edvard Yordanesku va Serxiy Rebrov - birinchi marta yirik turnirda ishlamoqda.

Ruminiya

Ruminiya saralash bosqichini yaxshi o‘tkazdi, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga o‘nta o‘yinda atigi beshta gol o‘tkazib yubordi. Jamoa so‘nggi to‘prta uchrashuvdan 3 tasida durangga imzo chekdi va shu yil hisobidan faqatgina Kolumbiya ruminiyaliklar darvozasini 3 marta ishg‘ol qila oldi. Bundan oldin ushbu natijani 2021 yili Armeniya udday olgandi, ya’ni Ruminiyaga gol urish oson emas. 

România și-a ales echipamentul pentru EURO 2024! Anunțul făcut de Răzvan  Burleanu - Eurosport

Ukraina

Ukraina Angliya va Italiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallashb, imkoniyatini saqlab qola oldi. Keyin Bosniya va Islandiyani mag‘lub etish orqali pley-offda zafar quchib Evroga yo‘l oldi. Bu o‘yinlardagi to‘rtta golning barchasi ikkinchi bo‘limda, shu jumladan so‘nggi olti daqiqada uchta gol kiritilgan. Bu esa bizga Ukraina biroz irodasizroq jamoa ekanligini bildiradi. Rebrov qo‘l ostida ukrainaliklar faqatgina bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan. U ham bo‘lsa, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Polshaga qarshi uchrashuvda ro‘y berdi. 

Ukraina - Islandiya 2:1 obzor matcha, video golov za 26 marta

O‘zaro o‘yinlar

Ukraina va Ruminiya so‘nggi marta 2016 yilda to‘qnash kelishgan v o‘yinda 7 ta gol urilgan. Undan oldin esa 2:2 hisobida durang qayd etilgan. 

Taxminiy tarkiblar

Ruminiya: Moldovan, Burcha, Dragushin, Rus, Banchu, Mariush, Marin, Stanchiu, Man, Dragush, Pushkash.

Ukraina: Lunin, Konoplya, Matvenko, Zinchenko, Sharapenko, Sudakov, Tsgankov, Dovbik, Mudrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!