Sabina Sharipova finalda qoqildi
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova finalda imkoniyatni boy berdi.
Sabina Sharipova musobaqaning yarim finalida gonlonglik Jan Lin bilan kuch sinashib, 2:6, 6:0, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va finalga chiqdi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi setida Sabina xitoylik Xinyu Gaoga qarshi raqobatlashdi. Mazkur uchrashuvda tennischimizdan omad yuz o‘girdi va 6:1, 6:2 hisobida engildi.
Fikrlar