Sabr, mehnat va omad

  • 1 may, 2024, 22:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Tibo Kurtuaga qachon maydonga qaytasiz, degan savolga bunga hozir unchalik hojat yo‘q, deb javob qaytardi. Uning bunday deyishiga asosiy sababchi Anrdey Lunin hisoblanadi. "Real"ning ayni paytdagi tezkor qarshi hujumlari, himoyasi va juda ham kuchayib ketgan yarim himoyasi bilan birga darvoza chizig‘i ham o‘z ishini a’lo darajada uddalamoqda. 

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, "Real"ning ayni paytdagi asosiy posboni xisoblanmish Andrey Lunin bilan shartnoma 2028 yilgacha uzaytiriladi. Tez orada yangi bitim borasidagi rasmiy yangilik ham paydo bo‘lishi mumkin. 19 yoshligida madridliklar safiga kelib qo‘shilgan, Ispaniyaning turli xil klublariga ijaraga berilgan va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazgan ukrainalik posbon uchun umuman kutilmagan mavsum bo‘ldi. Kelasi yil shartnoma muddati tugagan vaqtda jamoani tark etishi kutilayotgan bir paytda uning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. 

Renovación inminente de Lunin con el Real Madrid - AS.com

"Real"ga o‘tishi

Futbolchilik faoliyatini Ukrainaning "Dnepr" klubida boshlagan. 2017 yilda klub moliyaviy qonunlarni buzganlikda topilib, ikkinchi divizionga tushib ketadi. Tarkibdagi o‘yinchilarga esa ketish uchun imkoniyat taqdim etiladi. Shu paytda Lunin jamoani tark etadi va "Zarya Lugansk" klubiga borib qo‘shiladi. U erda o‘zini ko‘rsatib, skautlarning e’tiborini tortadi va 2018 yilning yozida "Real" uni sotib oladi. Shu bilan birga, "Leganes"ga ijaraga beriladi. 

Ijaradagi faoliyati

"Real" Luninni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun "Leganes"da ijara asosida o‘ynashini istaydi, lekin Madridning boshqa bir klubi unga bir mavsumda atigi 7 ta o‘yin beradi. Oradan bir yil o‘tib, Andrey "Real Valyadolid"ga o‘tadi va 2 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Bundan norozi bo‘lgan "qaymoqranglilar" qishning o‘zidayoq darvozabonni qaytarib olib, "Real Ovedo"ga ijaraga beradi. Vanihoyat klub o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishdi. Asturiyaliklar tarkibida Lunin yarim mavsum ichida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ammo u 2020 yilning yozida "Real"ga qaytadi. Umuman olganda, Ispaniyadagi dastlabki yillar futbolchi uchun faoliyatidagi ortga qadamdek ko‘rindi. 

Lunin, Jugador 5 Estrellas del mes de enero | Real Oviedo | Web Oficial

Omad

2020 yilda "Real"ni Keylor Navas va Alfons Areolalar tark etganidan keyin Luninda ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lish imkoniyati tug‘ildi. Tibo Kurtua ham o‘z darajasiga qaytgandi, ya’ni rahbariyat yangi posbon sotib olish haqida o‘ylamayotgandi. Anrdey ese o‘z navbatini kutishiga to‘g‘ri keldi. Oradan deyarli 4 yil o‘tib, uning davri keldi. 

Mavsum boshida Kurtua jiddiy jarohat olib, safdan chiqqanidan keyin murabbiylar Luninga unchalik ham ishonishgani yo‘q. Ular "Chelsi"dan Kepa Arrisabalagani ijaraga olishni ma’qul ko‘rishdi. Andreyga esa hayot ikkinchi marta kulib boqdi. Chempionlar ligasi doirasida "Braga"ga qarshi o‘yin oldidan asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak bo‘lgan ispaniyalik posbon son mushaklarida og‘riq sezib va uning o‘rniga Lunin boshlang‘ich tarkibga kiritildi. Mazkur bahsdan keyin 25 yoshli darvozabon deyarli barcha uchrashuvlarda ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, Chempionlar ligasining chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda unga ishonch bildirilgani, Kepani zaxira a’zosiga aylanganidan dalolat berardi. 

Lunin: “I'm not the hero, everyone did a great job” - Managing Madrid

Lunin o‘sha bahsda ham ishonchni oqladi. U 8 ta seyf bilan jamoasini gollardan qutqarib qolgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Bernardu Silva va Mateo Kovachichlarning zarbalarini qaytardi. 

Anrdey "Real"ni tark etgan taqdirda ham ishsiz qolib ketmaydi. Uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor bo‘lgan APL klublari bor. Ammo u qolishga qaror qildi. Lunin shuncha vaqt asosiy darvozabon bo‘lish uchun sabr bilan mehnat qildi va bunga erishdi. Endi kurashish navbati Tibo Kurtuaga. 

Suhrob Xolbekov yozdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!