
Saka hakamdan norozi!
Bukayo Saka "Brayton"ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlarni tanqid qildi.
"Arsenla" APL 3-turida "chaykalar" bilan durang o‘ynadi. Ikkinchi bo‘lim boshida yarim himoyachi Deklan Rays raqib jarima zarbasi tepayotgan paytda to‘pga tegingani uchun ikkinchi sariq kartokani oldi. O‘sha paytda Veltman uning oyog‘iga zarba yo‘lladi.
"Menimcha, bu bizga nisbatan yomon munosabat. Birinchi taymda Joao Pedro to‘pni yarim maydon bo‘ylab tepdi va hech narsa sodir bo‘lmadi. Biroq Dek (Rays) unga engil tegdi va maydondan chetlatildi.
Shunday bo‘lsa-da, o‘yin natijasi uchun javobgarlikni hakam zimmasiga yuklamoqchi emasman. Sababi, bizda hali g‘alaba qozonish imkoniyati bor.
Biz yaxshi boshladik. Bugungi bellashuv biroz xafa qildi, ammo oldinda uzoq mavsum bor", - dedi "kanonirlar" vingeri.
Fikrlar