Saloҳ uchun kurashda yetakchi aniqlandi
«Liverpul» sobiq yulduzi Muhammad Saloҳ karerasini qaerda davom ettirishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida to‘rtta taklifni ko‘rib chiqmoqda. Unga Turkiyaning «Beshiktoш» jamoasi, Saudiya Arabistonining «Al-Diriya» klubi, shuningdek, Amerika MLS ligasidan yana ikki jamoa qiziqish bildirgan.
Turk jurnalisti Yagiz Sabunjuo‘g‘lining ma’lum qilishicha, Saloҳ uchun asosiy da’vogar ayni paytda «Beshiktoш» hisoblanadi. Sababi, aynan shu klub misrlik hujumchiga eng manfaatli moliyaviy shartlarni taklif etmoqda.
Shu bilan birga, Saloҳ va «Beshiktoш» o‘rtasidagi muzokaralar hozircha biroz sekinlashgan. Bunga taraflar o‘rtasidagi ayrim mayda kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, klub va futbolchi o‘zaro muvozanatli yechim topish niyatida.

Fikrlar