
Sane APLga qaytishi mumkin!
"Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini germaniyalik yulduz hujumchi bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar"ning transferlar ro‘yxatida "Bavariya" hujumchisi Leroy Sane bor. 27 yoshli futbolchining Bundesliga chempioni bilan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Sane avval ham APLda o‘ynagan. 2016 yildan 2020 yilgacha u "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
Joriy mavsum Germaniya chempionatida Sane 11 uchrashuvda 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 75 million evro.
Fikrlar