Sardor Azmun: "O‘zbekiston 10 kishi bo‘lib qolganimizda ham bizni yuta olmadi"

  • 11 oktabr, 2024, 13:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Mehmonlar esa bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. Uchrashuvdan so‘ng forslar etakchilaridan biri Sardor Azmun o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalambor O‘zbekistonga kelib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ko‘rdingiz O‘zbekiston 10 kishi bo‘lib qolganimizda ham bizni enga olmadi. Menda hammasi joyida va o‘ynashga tayyorman. Jamoamga yana yordam berishim mumkin edi, ammo murabbiy meni almashtirishga qaror qildi.

Zaxira o‘yinchilarimiz ham anchagina kuchli futbolchilar. Ularga ham imkon beriladi. Shahriyar Moganlu ham juda kuchli futbolchi. Meni aytdi dersiz, u hali o‘zini albatta ko‘rsata oladi.

Raqiblarimizngi uchrashuv oldidan aytgan gaplari biz uchun muhim emas. Natija eng muhimi. Yana bir bor aytaman: Ular bizni bir kishi ko‘p bo‘lib ham yuta olmadi. 

Bizning foydamizga penalti berilmadi. Menimcha hakam xato qildi", - dedi "Shabab Al-Axli" futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
11/10/2024 15:28
АЗМУННИ АШУРМАТОВ ХУСАНОВ БАТАМОМ ЕБ КУЙДИ МАЙДОНГА БОРЛИГИ ХАМ БИЛИНМАЙ КОЛДИ
&
Азизжон
11/10/2024 15:04
У́ша учун гол уриш керагиди
Jaloliddin Ro'ziqulov
11/10/2024 13:33
Azmunjon yuta olmadi deya uzida yo xursand aslida rasvo uynaganing uchun murabbiy zahiraga tiqib quydiku