Sardor Rashidov: "Ikkinchi uyimga qaytganimdan xursandman"

  • 3 iyul, 2022, 19:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda xabar berganimizdek, Sardor Rashidov “Paxtakor”ni tark etib, Qatarning “Umm Salal” klubiga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Hamyurtimiz Doxaga etib borgan zahoti yangi jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zaro bitim bir yilga mo‘ljallangan.

Rashidovni “Umm Salal” klubiga bosh murabbiy Vesam Rizq taklif qilgan. Qatarlik ushbu mutaxassis bungacha ham Sardor Rashidov bilan birga faoliyat olib borgan. Bilsangiz kerak, Rashidov bungacha Qatar chempionatida “Al-Jayish” hamda “Qatar SK” klublarida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Rashidov “Umm Salal” a’zosiga aylangach, o‘zining instagramdagi sahifasiga shunday yozdi: “Men ikkinchi uyimga qaytganimdan juda xursandman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!