
Sensatsiya: Messi “Barsa”ga qaytadi!
2023 yilning yozidan beri MLS chempionatida “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelayotgan Lionel Messi faoliyatida kutilmagan burilish yuz berishi mumkin.
DIRECTV Sports jurnalisti Aleks Kendalning ma’lum qilishicha, argentinalik yulduzning qadrdon jamoasi “Barselona”ga qaytish imkoniyati oshib bormoqda.
Messining mayamiliklar bilan shartnomasi shu yilning 31 dekabrigacha tuzilgan. Klub hamkorlikni uzaytirishga intilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Lionel Messining o‘zi ta’mirlanayotgan “Kamp Nou”da o‘ynash istagida.
Shuningdek, Messi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashishni rejalashtirgan. 37 yoshli futbolchi mundialga yuqori sport formasida etib kelish uchun ham Evropa futboliga qaytishni mo‘ljallayotgani aytilyapti.
Messi faoliyatida “Barselona” alohida ahamiyat kasb etadi. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi kataloniyaliklar safida 672 ta gol, 303 ta assist qayd etgan va klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar