
Sher Mamazulunov navbatdagi jangini o‘tkazdi
Bugun, Rossiyaning Ekaterinburg shahrida "Fair Fight" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning eng mashhur K-1 jangchilaridan biri Sher Mamazulunov ham ringga ko‘tarildi.
U belaruslik Evgeniy Volchekka qarshi jang qildi. Uch raundlik ushbu qarama-qarshilik keskin va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakunda raqibiga nisbatan aniqroq va faolroq bo‘lgan hamyurtimiz chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat bilan sportchimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!
Fikrlar