
Shohjahon Ergashev ringga qaytmoqda
15 fevral kuni Farg‘onaning "Samo arena" majmuasida boks kechasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
E’tiborlisi, mazkur oqshomda hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ham ishtirok etib, professional ringda yana ko‘rinish beradi. Vakilimizga Afrika qit’asidan kelgan bokschi Shishi Iven raqiblik qilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev prof boksda 26 marotaba jang o‘tkazib, 24 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar