Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 8 sentabr, 2020, 19:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 21 sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Garchi, jang o‘tkazish joyi va sanasi ma’lum bo‘lsa-da, hali raqibga oydinlik kiritilmagan edi. Shohjahon o‘zining instagram sahifasidagi jonli efirda bo‘lajak raqibiga aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, “Yuka Boxing” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan kechada hamyurtimizga qarshi belaruslik Dmitriy Miliusha(9-3-1, 4 KO) ringga ko‘tariladi.

Shohjahon Ergashev o‘zining oxirgi jangini 17 yanvar kuni Andrian Estrellaga qarshi o‘tkazib, birinchi raundda nokautga uchratgan edi. Uning raqibi Miliusha esa asosan yarim o‘rta vaznda (66.6 kg) faoliyat yuritgan va  so‘nggi bor, 2019 yilning noyabr oyida Ahmad Al-Mousaouidan muddatidan avval mag‘lubiyatga uchragandi.

Sho_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!